Insineni "Napoli"da olib qolishning faqat bir yo‘li bor

  • 10 noyabr, 2021, 20:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" hujumchisi Lorentso Insine bir shart evaziga jamoada qolishga rozi.

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchi jamoada qolishi uchun rahbariyat tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga va’da berishi kerak. Shu holatdagina Insine klub bilan 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Lorentso Insine joriy mavsum "Napoli" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!