"Inter" Angliya terma jamoasi vakilini nishonga oldi
Angliya terma jamoasi va "Kristal Pэlas" himoyachis Mark Gexi A Seriya grandi nazariga tushdi.
Xabarlarga koʻra, "neradzurilar" markaziy himoya chizigʻini mustahkamlash maqsadida, angliyalik futbolchini asosiy variant sifatida tanlagan. Gexining London klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida oʻz yakuniga yetadi va erkin agentga aylanadi. Biroq futbolchini oʻz tomoniga oʻgdirish milanliklar uchun oson boʻlmasligi aniq. Sababi Evropaning bir qator grand klublari 25 yoshli futbolchini oʻz jamoasida koʻrishni istamoqda. Ular orasida "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Chelsi" hamda "Liverpul" klublari bor.
Maʼlumot uchun, Gexining narxi 55 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar