"Inter" argentinalik hujumchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 19 sentabr, 2021, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Tecno

Sportsmole tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli argentinalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2026 yilgacha bo‘lgan bitimni imzolashga kelishgan. Shuningdek, futbolchining maoshi oshiriladi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar imzolangan. Yangi shartnomada Martinesning tovon puli belgilanmagan.

Bundan avvalroq, Martinesga "Arsenal", "Barselona", "Real" va "Tottenxem"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!