"Inter" Brozovichni ko‘ndirishga urinmoqda

  • 15 avgust, 2021, 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi rahbariyati jamoaning xorvatiyalik yarim himoyachisi Marselo Brozovichning agenti bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Tecno

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, tomonlar amaldagi kelishuvni 3 yilga uzaytirishi mumkin. Brozovich ham “neradzurrilar” safida qolishga tayyor, faqat u yiliga 6 mln evro maosh olishni xohlamoqda. Ayni paytda uning maoshi 3,8 million evroni tashkil etadi.

Brozovich “Inter” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Marselo Brozovich o‘tgan mavsum A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!