"Inter" Eriksen o‘rniga PSJ futbolchisini olib kelmoqchi
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchiga “Inter”dan qiziqish bo‘lmoqda. “Neradzurrilar” uni joriy qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi.
Parades “Inter” safida tez orada jamoani tark etishi aytilayotgan Kristian Eriksenning o‘rnini egallashi mumkin.
Leandro Parades joriy mavsum Frantsiya chempionatida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar