"Inter" futbolchisi APLga yo‘l olish arafasida

  • 17.01.2026 16:51
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Inter" futbolchisi Davide Frattezi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Sport Sky" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, italyalik futbolchini "Nottingem Forest" oʻz safiga qoʻshib olmoqchi, Ingliz klubi allaqachon Frattezining agentlari bilan aloqaga chiqqan. "Inter" xavbek transferida kamida 35 million yevro ishlab olmoqchi.

26 yoshli yarim himoyachining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 28 million yevroni tashkil etadi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Davide joriy mavsum "Inter" safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!