"Inter" futbolchisi uchun "Liverpul"dan 90 million evro so‘ramoqda

"Liverpul" klubi yozgi transferlar oynasida "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni xarid qilmoqchi. "Qizillar" futbolchini arzonroq summa evaziga sotib olmoqchi. 

Biroq "neradzurrilar" argentinalik forvardni 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Avvalroq mersisaydliklar 24 yoshli iqtidor sohibini sotib olishga harakat qilgan. 

Lekin u uchun katta summa to‘lashga rozi bo‘lmagandi. Lautaro ham Lukaku ketgach, Milandan ketishni rejalashtirib yuribdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Martines joriy mavsum A Seriyaning 23 o‘yinida 11 gol va 2 assist qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!