"Inter" Kolarovni saqlab qolishga qaror qildi

  • 29.06.2021 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

35 yoshli himoyachi Aleksandr Kolarov “Inter” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist-insayder Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar tuziladi. Serbiyalik futbolchining yillik maoshi esa 1,5 million evroni tashkil etadi.

Kolarovning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.

“Inter” yakunlangan mavsum uzoq tanaffusdan so‘ng yana Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!