"Inter" Kontega tanish bo‘lgan "Chelsi" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 17.01.2020 14:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi "Roma"ga ketishi kutilayotgan yarim himoyachi Matteo Politano o‘rniga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Italiyalik jurnalis Janluki Di Martsioning xabar berishicha "neradzurrilar" Politano o‘rniga "Chelsi" xavbeki Viktor Mozesni olib kelishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, Mozes o‘z vaqtida “Chelsi”da “Inter”ning hozirgi ustozi Antonio Konte qo‘l ostida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Mozes mavsumni “Fenerbaxche” safida ijarada o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!