"Inter" Lukaku va Martinesning gollari evaziga Turinda g‘alaba qozondi (video)
Italiya A Seriyasining 27-turida “Inter” safarda “Torino”ga qarshi bahs olib bordi.
Turindagi bellashuv qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Yakunda esa 1:2 hisobida “neradzurrilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Inter”ga g‘alaba keltirgan ikki golga Romelu Lukaku (62') va Lautaro Martines (85') mualliflik qildi. “Torino”ning yagona javob golini esa Antonio Sanabriya (70') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar