“Inter Mayami” yangi yulduzni olish uchun Messiga shart qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

  • 28 sentabr, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida Madridning “Atletiko” klubida o‘ynab yurgan argentinalik Rodrigo de Paul kutilmaganda “Inter Mayami”ga o‘tib ketdi.

Tecno

Evropa nashrlarining yozishicha, yarim himoyachining tanlovi Lionel Messiga borib taqalgani ma’lum bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, Rodrigo de Paul “Inter Mayami” rahbariyatiga agar Messi klubdagi faoliyatini uzoq yillar davom ettirishi ta’minlansa, klubga qo‘shilishi mumkinligini ta’kidlagan ekan.

“Inter Mayami” rahbariyati shundan so‘ng, faoliyatini yakunlash haqida o‘ylay boshlagan Lionel Messiga uzoq muddatli shartnoma taklif qiladigan bo‘ldi. Ular sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini imkon qadar katta muddatga klubda olib qolmoqchi.

Aslida Lionel Messining amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabr kuni yakunlanishi kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!