"Inter" Nainggolan bilan shartnomani bekor qildi

  • 10.08.2021 21:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali belgiyalik yarim himoyachi Raja Nainggolan bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganini e’lon qildi.

"Nerradzurilar" futbolchi bilan o‘zaro kelishgan holda ushbu ishni amalga oshirishgan. Unga ko‘ra klub Rajaning qolgan maoshini 50 fozini to‘lab beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nainggolan “Inter”ga 2018 yilda “Roma”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsumni "Kalyari" safida ijarada o‘tkazdi.

Jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, Nainggolan yangi mavsumni ham sardiniyaliklar safida boshlashi mumkin. Ammo erkin agentga aylangan futbolchiga boshqa klublardan ham qiziqishlar mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!