
"Inter" "Napoli"ga Politano bo‘yicha shartini ma’lum qildi
Sky Italy nashriga ko‘ra, "Inter" "Napoli" forvardi Fernando Lorenteni qo‘lga kiritish istagida.
"Ko‘k-qoralar" avvalo Matteo Politanoni Neapol klubiga sotishga rozi bo‘lishgan edi, biroq endi milanliklar ushbu kelishuvga Fernando Lorenteni ham qo‘shishlarini xohlamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "neradzurrilar" "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruning transferi amalga oshmay qolsa, ushbu variantni amalga oshirmoqchi ekan.
Fikrlar