"Inter" nihoyat Konteni bosh murabbiy sifatida rasman tanishtirdi

  • 31.05.2019 10:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi o‘zining yangi bosh murabbiyi Antonio Konte shartnoma imzolagani haqida bundan bir necha kun avval ma’lum qilgan edik.

Biroq, "neradzurrilar" 28 may kuni jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Luchano Spallettining akasi olamdan o‘tgani bois klub rahbariyati bunday qayg‘uli kunda uni iste’foga chiqarganlik haqida e’lon qilishni xohlashmagan. Shu tariqa Kontening rasmiy tanishtiruv marosimini 31 may kuniga qoldirilgan edi.

Bugun esa Konte "Inter" bosh murabbiyi sifadia keng ommaga tanishtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Kontening so‘nggi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!