
"Inter" Onanaga o‘rinbosar topdi
Mavsumni "Nottingem Forest"da ijarada o‘tkazgan Keylor Navas faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Unga "Inter"dan qiziqishlar bor, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport" nashri.
Milanliklar jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Onananing o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Posbon uchun "Manchester Yunayted "va "Chelsi" kurash olib bormoqda. Uni sotib olishni istagan klublar kamida 50 million evro sarflashi kerak bo‘ladi.
Navasni "Nottingem Forest" olib qolishga harakat qilmoqda. Ammo so‘nggi qarorni futbolchining o‘zi chiqaradi. U PSJ qaytish ehtimoli ham mavjud.
Fikrlar