“Inter” o‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchini ikki yulduzga almashtiradi

  • 5 noyabr, 2020, 16:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” rahbariyati Italiya futboliga moslasha olmagan Kristian Eriksenni Angliyaga qaytarib yubormoqchi.

Tecno

Milanliklar asosiy tarkibga kirolmayotgan pleymeykerni Joze Mourinoga berib, uning o‘rniga “Tottenxem” yulduzlari – Dele Alli va Denni Rouzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Eriksen o‘z vaqtida “Tottenxem” safidagi o‘yinlari bilan Angliya chempionatining eng zo‘r futbolchilari qatoriga kirgan edi.

Dele Alli va Denni Rouzning bosh murabbiy bilan munosabatlari yaxshi emas. Bu rokirovka bilan har ikki bosh murabbiy o‘ziga bosh og‘rig‘i bo‘layotgan o‘yinchilardan qutilmoqchi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!