
"Inter" qoldirilgan bellashuvni yirik hisobda "hal qilib" qo‘ydi (video)
Kecha “Benevento” hamda “Inter” jamoalari o‘rtasida Italiya A Seriyasining 1-tur qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda “neradzurrilar” 2:5 hisobida g‘alaba qozondi. Debyutant jamoa safida Janluka Kaprari (34', 76') dubl qayd etgan bo‘lsa, “Inter”ning gollariga Romelu Lukaku (1', 28'), Roberto Galyardini (25'), Ashraf Xakimi (42') va Lautaro Martines (71') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar