"Inter" "Real Madrid"ning ikkita futbolchisini nishonga oldi

  • 19.01.2026 22:24
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi "Real Madrid"ning biratoʻla ikki nafar futbolchisini sotib olmoqchi.

Xabarlarga koʻra, "neradzurrilar" shov-shuvli tarzda "qaymoqranglilar" vingeri Franko Mastontuononi sotib olishi mumkin. "Inter" Nikolas Pas va Arda Gyularga ham daʼvogarlik qilgan edi, biroq Pasni "Real"ga ketish ehtimoli yuqori. Gyulerni esa "qirollik klubi" qoʻyib yuborish niyatida emas. Shu sababdan ham milanliklar bor eʼtiborini argentinalik futbolchini sotib olishga qaratmoqchi. "Inter" rahbariyati Mastantuono uchun katta mablagʻ sarflashga tayyor. "Real" ham futbolchini sotib yuborishi mumkin, faqat xuddi Niko Pas transferi singari, yaʼni qayta sotib olish varianti bilan. Futbolchining "Transfermarkt"dagi narxi 50 million evroni tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, vinger joriy mavsumda umumiy 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va bitta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!