
"Inter" safarda "Fiorentina"ni engdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi (video)
Italiya A Seriyasining 21-turida “Inter” safarda “Fiorentina” mehmoni bo‘ldi.
Florentsiyadagi bahs 0:2 hisobida “neradzurrilar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Inter” safida Nikolo Barella (31') va Ivan Perishich (52') gol muallifiga aylandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar