
"Inter" tuppa-tuzuk o‘ynayotgan yulduzini sotadi
"Inter" Lautaro Martinesni 60-70 million evro atrofidagi summa evaziga sotish haqida o‘ylamoqda.
"Corriere della Sera" nashri xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" argentinalik futbolchi qolish niyatida bo‘lishiga qaramay, uni transferga qo‘yadi.
Agar u boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, "Atletiko" emas, "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘radi. Lautaro uchun Angliya varianti u qadar qiziq emas.
Bu mavsum 24 yoshli goleador 45 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar