
"Inter" turk klubidan 11 mln evroga futbolchi sotib oladi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi yarim himoyachisi Elif Elmaz faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Boxerdegisi nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli makedoniyalik futbolchi “Inter”ga ko‘chib o‘tadi. “Neradzurrilar” ushbu transfer masalasida allaqachon kelishuvga erishishgan va futbolchi uchun turk klubiga 11 mln evro to‘lashadi.
Ta’kidlash kerakki, Elmazga shuningdek «Fiorentina», «Napoli» va «Latsio» kabi A Seriya klublaridan ham qiziqishlar bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Elmaz “Fenerbaxche” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar