"Inter" Vesinoni MYuga qo‘yib yuborishni istamadi

  • 23.01.2020 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” klubi “Inter” yarim himoyachisi Matias Vesinoning transferi masalasida kelishuvga erisha olmadi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar 28 yoshli futbolchining ijaraga olishmoqchi bo‘lishgan, biroq “neradzurrilar” ushbu taklifni rad etishgan.

Ta’kidlash kerakki, “qizil iblislar” Vesinoni tez-tez jarohat olayotgan Pol Pogba va Skott Maktominey o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qarashayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Vesino joriy mavsum “Inter” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!