"Inter" "Vest Xem" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 31 iyul, 2023, 22:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Romelu Lukaku "Chelsi"ga qaytganidan keyin "Inter" yangi hujumchi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasiga "Vest Xem" vakili Janluka Skamakka ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, strayker uchun milanliklar 20 million evro taklif qilmoqchi. Kurashda "Roma" ham bor. Temmi Abaraxam jarohat olganidan keyin rimliklarga ham hujumchi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, Skamakka oldin ham Italiyada to‘p tepgan. U o‘tgan mavsum "bolg‘achilar" tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!