"Inter"ga Maguayr taklif qilindi

  • 01.06.2026 01:22
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining vakillari "Inter" bilan ehtimoliy transfer yuzasidan aloqa o‘rnatgan.

Shu bilan birga, milanliklarning himoya chizig‘ini kuchaytirish borasidagi asosiy maqsadi "Udineze" futbolchisi Umar Sole bo‘lib turibdi.

Maguayr o‘tgan mavsum 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel esa uni Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!