
"Inter"ga qarshi muhim bahs oldidan "Yuventus" muxlislari uchun xushxabar!
Italiya A Seriyasi 9-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Yuventus" hamda "Inter" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Mazkur qarama-qarshilik oldidan turinliklar yulduzi Paulo Dibala safga qaytdi. Argentinalik futbolchi jarohatini tiklab, jamoa bilan mashg‘ulot o‘tamoqda.
27 yoshli Dibala A Seriya 6-turi doirasidagi "Sampdoriya" jamoasiga qarshi bellashuvda oyog‘ini shikastlab olgan va 22-daqiqada o‘z o‘rnini Deyan Kulusevskiga bo‘shatib bergandi. Shu tariqa, u 26 sentyabr sanasidan beri maydonga tusha olmadi.
Ma’lumot uchun, Milan shahrida o‘tkaziladigan mazkur qarama-qarshilik 24 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da start oladi.
Fikrlar