"Inter"ning etakchi futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Inter"da koronavirus bilan bog‘liq yana bir holat qayd etildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bu safar “neradzurrilar”ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyarda Covid-19 aniqlangan. Dastlab “Inter” safida Alessandro Bastonida ushbu kasallik aniqlangan edi.
Hozircha klub bu haqda rasmiy bayonot bermadi. Shkrinyar Slovakiya terma jamoasi yig‘iniga jo‘nab ketgan edi.
Fikrlar