
“Inter”ning uch o‘yinchisi bir jamoaga ko‘chib o‘tadi
“Tottenxem” rahbariyati jamoani yangi bosqichga ko‘tarish uchun Antonio Konteni olib kelgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem” bilan 2023 yilning yozigacha shartnoma imzolagan Konte yiliga 15 million evro maosh oladi.
Klubning xarajatlari bu bilan tugamaydi. Endi klub prezidenti Daniel Levi italiyalik mutaxassisga bergan va’dasini amalga oshirish uchun u istagan futbolchilarni xarid qilishi kerak bo‘ladi.
Konte “Inter”ni chempion qilishda katta xizmat ko‘rsatgan uch nafar sobiq shogirdini Angliyaga olib kelmoqchi. U klub mutasaddilaridan “Inter”ning markaziy himoyachilari Milan Shkrinyar va Stefan de Vrey, yarim himoyachi Nikolo Barella transferini amalga oshirishni so‘ramoqda.
“Tottenxem” uchala futbolchini birdaniga olishi uchun 150 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar