Inyaki Uilyams "Barselona" darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi

  • 18.01.2021 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Atletik” forvardi Inyaki Uilyams kecha “Barselona”ga (3:2) qarshi o‘tkazilgan Ispaniya Superkubogi finalida g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.

E’tiborlisi, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barsa” darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Shu kungacha u kataloniyaliklar darvozasini naqd 5 marta ishg‘ol etgan. Uilyams ushbu gollarning 4 tasini «Betis», «Atletiko», «Real Sosedad» va «Vilyarreal» safida kiritgan.

Inyaki Uilyams joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!