Iordaniya – O‘zbekiston. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik qaysi jamoa tomonida?

  • 12 oktabr, 2021, 09:30
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi vakillarimiz ayni kunlarda Iordaniyada mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida mezbonlarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Tecno

Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" bugunga qadar Iordaniya bilan 14 marta to‘qnash kelgan. Shundan 9tasida terma jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta o‘yinda Iordaniya g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, 4ta bahsda durang qayd etilgan. So‘nggi bor jamoalar shu yilning fevral oyida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. O‘shanda O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

O‘yinlar tarixi

uzarouyinlar tarixi

Iordaniya poytaxtidagi "Amman Internet Stadium"da bo‘ladigan bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
12/10/2021 14:27
Иордания доимо бизга Лаббай деб жавоб берган. Шу кунгача 14 та баҳс. Қойил ҳаққий спаринг рақиб. МТЖ омад тилаймиз. Бугун фақат ғалаба кутамиз.
Ulugbek Nevajno
12/10/2021 12:08
Уйин 19:00 да бошланади уйин силкалари Uzbekistan Legioners каналидаям бор, шу каналда хамма Легионер уйинчиларимиза уйинлари трансляцияси силкалариям жойланиб борилади, кимга кизу буса..