Iqtidorlu futbolchi yo‘ng‘inda kuchli kuydi. 40 kishi qurbon bo‘ldi
Frantsiyaning “Mets” klubi himoyachisi Tairis Dos Santos Shveytsariyadagi tog'-chang'i kurortida yuz bergan yong'in oqibatida og'ir kuyish jarohatini oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa Yangi yil kechasida Shveytsariyaning Kran-Montana tog'-chang'i kurortidagi barlardan birida sodir bo'lgan. Yong'in natijasida taxminan 40 nafar inson halok bo'lgan, 110 nafaridan ortig'i turli darajada jarohat olgan.
- Klubimiz tarbiyalanuvchisi Tairis Dos Santos Kran-Montanadagi yong'in oqibatida jabrlandi. Futbolchi og'ir kuyish jarohatlari bilan vertolyot orqali Germaniyaga olib ketildi va hozirda u yerda davolanmoqda. Klub rahbariyati, futbolchilar va butun xodimlar ushbu fojia dan qattiq larzaga kelgan. Biz uning oilasiga to'liq qo'llab-quvvatlovimizni bildiramiz. Agar holatda jiddiy o'zgarishlar bo'lsa, qo'shimcha ma'lumot beriladi, - deyiladi “Mets” rasmiy bayonotida.
19 yoshli Dos Santos hali “Mets”ning asosiy jamoasida debut qilib ulgurmagan edi. U asosan yoshlar jamoasidagi o'yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e'tiborini qozonib kelaotgan edi.
Fikrlar