Iraola "Liverpul" bosh murabbiyiga aylandi

  • 04.06.2026 23:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi Andoni Iraolani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasm an e’lon qildi.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassis ushbu lavozimda Arne Slot o‘rnini egalladi va mersisaydliklar bilan shartnoma imzoladi.

Iraola 2023 yildan buyon "Bornmut"ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa APLda mos ravishda 12, 9 va 6-o‘rinlarni egalladi hamda tarixida ilk bor evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida Kiprning AEK, Ispaniyaning "Mirandes" va "Rayo Valyekano" klublarini ham boshqargan.

Futbolchilik faoliyatida Iraola asosan "Atletik Bilbao" safida to‘p surgan. U 2003–2015 yillar davomida basklar jamoasida o‘ynagan, keyinchalik esa "Nyu-York Siti" sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, mersisaydliklar 2025/26 yildgi mavsumni sovrinsiz yakunladi. Jamoa Angliya Premier-ligasida 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, qo‘shimcha yo‘llanma orqali Chempionlar ligasi ishtirokchisiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!