
Irji Proxazka: "Yarim og‘ir vazn toifasi mening divizionim"
Yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Irji Proxazka (29-3-1) 11 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi “UFC 295” turnirida Aleks Pereyra (8-2) bilan bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangi haqida gapirdi.
“Har doimgidek, men g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qilaman. Ushbu jangda oktagon mening hududim ekanligini va men eng yaxshi “stoyka” jangchisi ekanligimni ko‘rsatmoqchiman. Yarim og‘ir vazn toifasi mening divizionimdir”, - deya MMA News nashri Proxazkani so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Proxazka o‘tgan yilning oxirida ixtiyoriy ravishda tituldan voz kechgan. U elkasidan jarohat olganligi sababli chempionlik kamarini o‘zida ushlab turmaslikka qaror qilgan.
Fikrlar