Iroq chempionati. Sherzod Temirov dubly qayd etib, “Erbil”ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi

  • 11.05.2026 23:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iroq chempionatining 34-turidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

"Erbil" safarda "Al-Najaf" jamoasini yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Sherzod Temirov asosiy tarkibda maydonga tushib, dubly muallifiga aylandi.

Ayni paytda Temirov chempionat to‘purarlari ro‘yxatida 28 ta gol bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Marlen Chabanov ham uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, “Erbil” 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!