Iroq chempionati. Sherzod Temirov gol urgan o‘yinda jamoasi durang qayd etdi
Iroq chempionatining 30-turidan o‘rin olgan bahsda "Erbil" o‘z maydonida "Al-Javiya"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Dastlab, 29-daqiqada Sherzod Temirov hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Aminu Umar oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shuningdek, yana bir hamyurtimiz Marlen Chabanov ham asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "Erbil" 60 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar