Iroq chempionati. Sherzod Temirov xet-trik qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi

  • 14.03.2026 05:44
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Iroq chempionatining 22-turidan o‘rin olgan bahsda "Erbil" o‘z maydonida "Al Minaa" klubini qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborli­si, ushbu uchrashuvda mezbonlar safida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Sherzod Temirov xet-trik muallifi bo‘lib, jamoasiga muhim 3 ochko keltirdi.

Shuningdek, "Erbil" tarkibida yana bir hamyurtimiz Marlen Chopanov ham asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Temirov ayni paytda chempionat to‘purarlar poygasida 19 ta gol bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!