Iroq terma jamoasi a’zosi MLS klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 10.03.2019 15:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyaning “Udineze” klubi va Iroq terma jamoasi himoyachisi Ali Adnan Kanadaning “Vankuver Uaytkeps” klubiga ko‘chib o‘tdi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli iroqlik futbolchi ushbu jamoa safida ijara asosida mavsum yakunigacha to‘p suradi. Ta’kidlash kerakki, Adnan shu tariqa MLSda to‘p suradigan ilk iroqlik futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Ali Adnan Iroq terma jamoasi safida 46ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!