Iroq U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi oson o‘yin bo‘lmasligi aniq"

  • 8 iyun, 2022, 17:38
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Iroq U-23 hamda Quvayt U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. Iroq olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Sokup uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Keyingi bosqich uchun yagona yo‘l - g‘alaba qozonish edi. Futbolchilarim katta bosim ostida ekanini bilardim. Ammo ular ham Quvaytni mag‘lub etishga qodir ekanini bilib turardi. 

O‘yin boshida raqiblaimiz bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay, 0:1 hisobini 3:1 ga aylantira olganimiz quvonarli bo‘ldi.

Pley-offga chiqqanimizdan xursandman. Biz yanada uzoqroqqa borishni istaymiz. O‘zbekistonga qarshi oson o‘yin bo‘lmasligi aniq. Super atmosfera ostida bosim ham yuqori bo‘ladi. Shunga tayyor turishimiz kerak", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зокиржон
08/06/2022 21:20
У́йин качон боларкан
&
Abdulla Hikmatov
10/06/2022 13:03
11 iyunda