Isak "Nyukasl" bilan ishlashdan bosh tortmoqda

  • 26.08.2025 23:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak jamoa uchun o‘ynash va mashg‘ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortdi. U klub rahbariyatini muayyan va’daga amal qilmaganlikda ayblab, rasmiy bayonot ham e’lon qilgan edi.

"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, shvetsiyalik forvard o‘z qaroridan qaytmoqchi emas va "Liverpul"ga o‘tishni talab qilmoqda. "Nyukasl" direktorlari bilan bo‘lgan uchrashuv ham natija bermadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, mersisaydliklar Isak uchun yana taklif tayyorlamoqda, ammo "qarg‘alar" rahbariyatidan signal kutmoqda. Shu bilan birga, "qizillar" 150 million funt to‘lash niyatida emas — klub avvalroq shuncha miqdorni talab qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!