Ishdan haydalgan Mareska “Chelsi”dagi haqqidan voz kechdi
Angliya Premier-ligasida beshinchi o‘rinda borayotgan “Chelsi” 1 yanvar kuni bosh murabbiy Enzo Mareskani iste’foga chiqarganini rasmiy e’lon qilingan edi.
Odatda, muddatidan avval ishdan olingan murabbiylarga yaxshigina kompensatsiya to‘lanadi. Biroq italyalik mutaxassis “Chelsi”dan shartnoma bir tomonlama bekor qilingani uchun to‘lanadigan kompensatsiya pulidan voz kechdi.
Bu haqida talkSPORT xabar berdi.
Enzo Mareskaning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar davom etishi kerak edi. Klub rahbariyati murabbiyning salohiyatiga qattiq ishongani bois unga uzoq muddatli kelishuv taklif qilgandi.
Ammo natija kutilganidek bo‘lmadi. “Chelsi” Angliya Premier-ligasida 19 ta uchrashuvdan so‘ng 30 ochko to‘pladi. Oxirgi to‘qqizta o‘yindan atigi ikkitasida g‘alaba qayd etilgani klub rahbariyatini qoniqtirmadi. Hozir klub yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
Fikrlar