
Iskanderov va Aliboev jamoalari o‘z o‘yinini o‘tkazdi
Janubiy Koreya chempionati navbatdagi turi doirasida legionerimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinini o‘tkazdi.
Iskanderov harakat qilayotgan "Sonnam" mehmonda "Chedju Yunayted"ga imkoniyatni boy berdi, 1:2. O‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Jamshid 61-daqiqada maydonga tushdi.
Shuningdek, Koreyaning ikkinchi ligasida harakat qilayotgan Aliboevning "Tedjon"i o‘z maydonida "Puchxon" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Legionerimiz 45-daqiqada zaxiraga olindi.
Fikrlar