Isko "Chelsi"ga emas APLning boshqa jamoasiga o‘tmoqchi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.
El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Chelsi"dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Biroq, u "Manchester Siti"ga o‘tmoqchi. Futbolchiga yaqin manbaalarning xabar berishicha Iskoni shaxsan “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola tarkibda ko‘rmoqchi. U mavsum yakunlangach jamoadan ketadigan boshqa bir ispaniyalik xavbek David Silva o‘rniga munosib ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar