Iskoga xaridor yo‘q

  • 11 dekabr, 2020, 22:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Iskoning "Real"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

El Chiringuito TV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik futbolchi “Qirollik klubi”dan ketishga tayyor, ammo hozircha unga hech bir klubdan taklif bo‘lgani yo‘q.

Bundan avvalroq Iskoga "Inter", "Arsenal", "Everton" va "Sevilya" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Isko joriy mavsum “Real” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning transferi 20 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!