Iskoning keyingi manzili aniq. U Bundesligani zabt etmoqchi

  • 29.01.2023 14:49
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Yaqindagina "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangan Isko o‘ziga yangi jamoa topdi. Uning keyingi manzili Bundesliga bo‘ladi.

"Sky Sport" xabariga ko‘ra, "Union" Berlin futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazmqoda. Klub prezidenti ham buni tasdiqladi.
"Iskoning biz bilan bog‘langanidan xursandmiz. Albatta ushbu transferga harakat qilmoqdamiz", - dedi Zingler.

Ma’lumot uchun, "Union" Berlin Bundesliga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Klub "Bavariya"dan bir ochko orqada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!