Iskoning taqdiri so‘roq ostida
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko hamon klub bilan kelajagi borasida bir to‘xtamga kelolmayapti.
As nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, 24 yoshi futbolchining madridliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va Isko iyun oyida klub rahbariyati bilan o‘zining jamoada o‘rni borasidagi masalalarga oydinlik kiritirib olishni mo‘ljallamoqda.

Qayd etish joiz, "Barselona" va "Malaga" qiziqishlari doirasidagi futbolchi madridliklar safida 2022 yilga qadar to‘p surmoqchi, ammo ayni paytda unga o‘yin tajribasining etishmayotganligi muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Isko joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 12 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 samarali pas uzatgan.
Fikrlar