Islom Ismoilov: "Oʻyin ogʻir oʻtishi oldindan maʼlum edi"
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan OKMK – “Neftchi” (0:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Islom Ismoilov qatnashdi va savollarga javob berdi.
- Birinchi navbatda uzoq yo‘l bosib, qiyin ob-havo sharoitida bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlisarga rahmat aytaman. Umuman olganda, o‘yin og‘ir o‘tishi oldindan ma’lum edi. OKMK jamoasi oxirgi o‘yinlarda yuqoriga qarab harakatlanaotgandi. O‘ylaymanki, uchrashuvni to‘liq nazorat qila oldik. Imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda g‘alaba qozongan bo‘lardik. Bu – futbol va bunaqa holatlar ham bo‘lib turadi.
- Dastlabki 35-40 daqiqada OKMK yaxshi taassurot qoldirdi va “Neftchi”ni deyarli qiyin ahvolga solib qo‘ygan edi. Shundan keyin ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlarni qildingiz...
- O‘yindan oldin tahlil qilganimizda ham OKMK yuqori pressing qilgan paytlarda ham zonalar ochilib qolayotgandi. Ular Jamshid Iskanderovga alohida personal o‘yinchi biriktirishdi. To‘p bilan harakat qiladigan futbolchimizni qisman yopa olishdi. Lekin ikkinchi bo‘limda Iskanderovni pastroqda ochilishini va u bilan harakatlanaotgan o‘yinchi avtomatik ravishda zonani bo‘shatadi. Shundan foydalanish uchun ushbu holatga urg‘u qaratdik.
- Aksariyat klublarga barqarorlik yetishmayapti. Ammo “Neftchi”da tarkib yaxshi yig‘ilgan va barqaror o‘ynayapti. Faqat bugungi o‘yinda imkoniyatlardan foydalana olmadi. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq?
- Gol yetishmaganiga nima sabab? Ura olmadik. Murabbiy sifatida meni vazifam jamoani o‘sha holatga chiqarish. Hujumkor o‘ynashini ta’minlash va albatta mashg‘ulotlarda futbolchilar buning ustida tinimsiz ravishda harakat qilishyapti. Imkoniyatlarga kelganda baribir qaysidir vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Biroq shunga qaramasdan jamoamiz 25 ta gol urgan va hozirgi holatda turnir jadvalida 1-o‘rindamiz.
- FIFA kunlarigacha bo‘lgan davr mobaynida aprel oyida boksing dey bo‘ldi. Shu vaqt ichida jamoa bitta yutqazdi va bitta durang o‘ynadi. Siz bu tiqiz taqvimdan nimani reja qilgandingiz?
- Bu bir tomondan yoqimli oy bo‘ldi, desam bo‘ladi. Chunki o‘yinlar orasi yaqin bo‘lgani yaxshi. Maqsadimiz 11 ta uchrashuvda 33 ochko olish edi. Afsuski, bitta mag‘lubiyatga uchradik va bitta durang bo‘ldi. Ammo, umuman olganda yomon harakat qilmadik. Deyarli mart oyini ham qo‘shadigan bo‘lsak, ikki oyda Superkubok bilan jamoa 12 ta o‘yinda harakat qildi. Bundan 10 tasini yutdik. O‘ylaymanki, yaxshi start bo‘ldi. O‘tgan yilgiga solishtirganda ham jamoa ancha dadil o‘ynayapti. Turnir jadvalidan ham ko‘rsa bo‘ladi, “Neftchi” o‘zi uchun kerakli ochkolarni jamg‘ara oldi.
- Kannavaro boshchiligidagi milliy terma jamoamiz endi jahon chempionati uchun asosiy tayyorgarligini boshlaydi. “Neftchi”da nomzod o‘yinchilar ko‘p. Yana qaysi chaqirilmayotgan o‘yinchilaringizni Fabio Kannavaroga maslahat bergan bo‘lardingiz?
- Murabbiy sifatida qaysidir futbolchini ajratmayman. O‘zbekiston fuqarosiga ega bo‘lgan har bir o‘zbek o‘yinchisini terma jamoada o‘ynashini xohlayman. Chunki har bittasini munosib deb bilaman.
- Baribir kimlarnidir alohida ko‘rsata olasizmi?
- Hammisini chaqirsin (kuladi).

Fikrlar