Islom Maxachev bo‘lajak raqiblariga keskin gaplarni aytdi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev bo‘lajak raqiblariga murojaat qildi.
"Ian Garri Gruziyadа mahoratini oshira oladimi?! Ehtimol, bir qismini kuchaytirishi mumkin. Lekin men butun umrim davomida kurash bilan shug‘ullanganman. Endi bunga e’tibor bermasam ham bo‘ladi. So‘nggi raqiblarim ham birovlarni turli lagerlarga sudrab borib, mashg‘ulotlar o‘tdi. Biroq yakunda hech qanday natija bo‘lmadi. Shuning uchun vaqtingizni behuda sarflamang", ~ dedi Islom.
Eslatib o‘tamiz, Maxachevning keyingi jangi rasmаn tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, turli manbalar u tez orada irlandiyalik Ian Garriga qarshi oktagonga chiqishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar