Islom Maxachev Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida nimalar dedi?

  • 20.02.2026 12:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev engil vazn chempioni Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Maykl Moralesning zarbalari ancha xavfliroq. U har bir zarba bilan raqiblarni uxlatib qo‘yishi mumkin. Biroq Topuriyaga kelsak, u 77 kg vaznda 70 kg dagidek xavfli emas. Uning vazni va bo‘yi kichikroq. Agar Iliya yarim o‘rta vaznga chiqsa, o‘zim uchun hech qanday xavf ko‘rmayapman", – dedi Maxachev "Chempionat.som" muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev "UFC 322"  turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra yengib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!