Islom Maxachev: "Topuriya, sen bilan tekin ga ham jang qilaveramiz"
Biroz avval, engil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya rossiyalik Islom Maxachevni Oq Uyda o‘zaro jang qilishdan qochganlikda ayblagandi.
Shundan so‘ng yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion "Matador"ning so‘zlariga javob qaytardi.
"Bu yerda kim qo‘rqoqligini ikkalamiz ham bilamiz. Haqiqotni jirkanch tvitlar bilan yashirishing mumkin, lekin xavotir olma, bir kun kelib so‘ragan narsangni olasan! Men bilan jang uchun milliardlab pul so‘rashning ham hojati yo‘q, biz buni tekinga amalga oshiramiz", - dedi Islom.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya 14 iyun kuni "UFC White House" turnirida Justin Getzhiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar