Islom Maxachev va Arman Tsarukyan o‘zaro jang qiladimi?

  • 09.04.2026 13:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC engil vazn toifasi reytingida 2-o‘rinni egalab turgan Arman Tsarukyan bir yil ichida aralash yakkakurashlarning asosiy yulduziga aylanishini aytdi. Shuningdek, u Islom Maxachevga qarshi ehtimoliy to‘qnashuv haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Islom bilan bahs bo‘ladi, deb o‘ylamayman, chunki bir-ikki jangdan so‘ng u iste'foga chiqadi. Men esa bir yil ichida butun sportni egalab olaman. Meni ko‘rib, hamma UFC haqida o‘ylaydi, men UFC ning yuzi bo‘laman. Lekin avval menga kamar kerak", - dedi Arman.

Ma'lumot uchun, Tsarukyan engil vazndagi unvon uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!