Islombek Ismoilov "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 14.04.2026 22:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Neftchi" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov "Bunyodkor"ga qarshi to‘qnashuvdan so‘ng matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Birinchi navbatda muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoa ham hujumkor o‘ynashga harakat qildi. Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi". 

"Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mashg‘ulotlarda futbolchilar bilan gaplashdingizmi?

"Paxtakor bilan o‘yindan so‘ng futbolchilar gaplashib, tezroq unutishga intildik va navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Ta’qvim zich bo‘lgani bois, biz bu uchrashuvga ko‘proq tayyorgarlik ko‘rdik va 100% tayyor holat bu o‘yinga yetib keldik". 
 
"Neftchi"ning keyingi "Nasaf". Qarshiliklarning so‘nggi ikki bahsida hakam va qizil kartochka bilan muammolar bo‘lmoqda. Bundan xavotir olmayapsizmi? 
 
"Endi bu Nasaf bilan sodir bo‘layotgan vaziyat. Bu futbolning bir qismi. Bizning vazifamiz maydonda maksimal darajada harakat qilish. Futbolda har xil holat bo‘ladi. Ko‘ramiz, biz faqat o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz". 
 
"Neftchi" so‘nggi o‘yinlarda ko‘proq fol qilayapti, bu qarshi hujumni to‘xtatish uchun so‘nggi chorami yoki murabbiylardan ko‘rsatma bo‘lganmi? 
 

"Biz yuqorida o‘ynashga harakat qilyapmiz, shu sabab orqaroqda bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, o‘yindan avval bu bo‘yicha ham maslahatlar beriladi, agar qoida buzmasdan to‘pni olib qo‘yish imkoni bo‘lsa, fol qilinmaydi. Agarda qarshi hujumga qo‘yib yuborayotgan bo‘lsak, qoida buzishga majbur bo‘lamiz". 
 
Jamoa realizatsiyasida muammo ko‘ryapsizmi? 
 
"Biz musobaqada 19 ta gol urdik. Mavsum avvalidagi uchrashuvlarda yirik hisoblarda g‘alaba qozondik va ko‘proq gol urdik. Har doim ham biz ko‘p gol ura olmaymiz, lekin har bir vaziyatdan foydalanishga harakat qilamiz". 
 

May oyida terma jamoada yana yig‘in bo‘lib o‘tadi. Ushbu vaqt oralig‘ida esa O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkaziladi. Mazkur to‘qnashuvlarda rotatsiyalar bo‘lishi mumkinmi? 
 
"Biz har bir bellashuvda rotatsiya qilyapmiz. Lekin kubok o‘yinlarida ko‘proq yoshlar e’tibor beramiz. Bundan tashqari, jamoaning maqsadi ham shu". 
 

Matbuot anjumani yakunlangandan so‘ng jurnalistlar Islombek Ismoilovdan Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahslari oldidan savol so‘rashganda shunday javob berdi: 
 
"Hali "Real Madrid" kambek qiladi!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!